So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Biz Ukraina tarafida emasmiz, biz adolat tarafidamiz” — Gaagada ISPA ish boshladi
Bugun, 3-iyul kuni Gaagada Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlarni tergov qilish xalqaro markazi (ISPA) ish boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Gaagadagi markazning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Ladislav Hamran, Adliya boʻyicha Yevropa komissari Dide Reynders, Xalqaro jinoyat sudi (ICC) prokurori Karim Xon, AQSH Bosh prokurori yordamchisi Kennet Polite, Niderlandiya Bosh prokurori Dilan Jeshilgez ishtirok etdi.
“Biz Ukraina tarafida emasmiz, biz adolat tarafidamiz. Bu markaz mustaqil va obyektiv organ. Bu biz va farzandlarimiz kelajagini istagan har bir kishi uchun umumiy ish boʻlishi kerak. Jinoyat kamroq va adolat koʻproq boʻlsin va bu qadam bu yoʻlda muhim ahamiyatga ega", — dedi ISS prokurori Karim Xon markaz ochilishi munosabati bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
Xon, shuningdek, tergov markazining tashkil etilishi AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanganiga eʼtibor qaratdi.
AQSH Bosh prokurori yordamchisi Kennet Politening taʼkidlashicha, yaqinda Markazga AQSH vakili etib tayinlangan maxsus prokuror Jessika Kim katta miqdordagi maʼlumot va resurslardan cheklovsiz foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
“Qoʻshma Shtatlar xalqaro jinoyatlarning asosiy dalillari boʻyicha maʼlumotlar bazasiga oʻz hissasini qoʻshish niyatida ekanligini allaqachon bildirgan. Va men oʻtgan haftada AQSH oʻzining birinchi hissasini qoʻshganini mamnuniyat bilan eʼlon qilaman, bu albatta, oxirgisi boʻlmaydi”, - ded Kennet Politen.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 2022-yilning 24-fevral oyida Ukrainaga hujum qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir