So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Prezident “Yalla” ansamblining ijodiy jamoasini mukofotladi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yalla” ansamblining ijodiy jamoasini mukofotlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi.
“Oʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak professional mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek estrada sanʼatini rivojlantirish, uning shon-shuhratini xalqaro miqyosda keng targʻib etish, xalqlar oʻrtasida madaniy aloqalar, oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, navqiron iqtidor egalarining qobiliyatini roʻyobga chiqarish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari hamda “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan mukofotlansin”, — deyiladi farmon matnida.
Farmonga koʻra:
“El-yurt hurmati” ordeni bilan
Zakirov Farrux Karimovich – “Yalla” ansambli badiiy rahbari
“Doʻstlik” ordeni bilan
Aliyev Abbos Saidovich – “Yalla” ansambli sozandasi
Toxtayev Javlon Ramzitdinovich – “Yalla” ansambli sozandasi
Xalikov Igor Yakubovich – “Yalla” ansambli direktori
Xalikov Timur Pulatovich – “Yalla” ansambli sozandasi mukofotlandi.