So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda deputat pora bilan qoʻlga tushdi. U kutubxonaga ajratilgan yerni pullamoqchi boʻlgan
Namangan viloyati Pop tumani kengashi deputati kutubxona uchun ajratilgan yerni pullayotganida qoʻlga tushdi.
Maʼlum qilinishicha, chustlik tadbirkor joriy yilning may oyida Pop tumani hududida alyumin eshik-rom sexi uchun boʻsh yer maydoni izlab yurganida xalq deputatlari tuman kengashi deputati vazifasida ishlovchi shaxs bilan tanishib qolgan.
Deputat unga Pop shahri markazida joylashgan, ilgari Pop tuman kutubxonasi faoliyat yuritgan 4 sotix yer maydoni bugungi kunda oʻziga tegishliligini aytib, ushbu yer maydonini 35 ming dollarga sotish istagida ekanini bildirgan.
Xaridor esa hujjatlarda muammo boʻlmasa yerni sotib olishini aytgan, deputat esa yerga egalik qilish haqidagi va boshqa hujjatlarni tuman kadastr palatasida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Dastlab u xaridordan oldindan 10 ming dollar berib turishini, kelishilgan pulning qolgan qismini yerning hujjatlarini rasmiylashtirish davrida olishi aytgan. Shundan soʻng, haridor Namangan viloyati IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur arizaga asosan Namangan viloyat IIB TQX Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda xalq deputatlari Pop tumani kengashi deputati fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 10 ming dollarni olib, unga yer maydoniga tegishli boʻlgan qaror nusxasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu yer maydoni deputatga kutubxona qurish uchun topshirilgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni paytda Pop tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.