So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Abituriyentlar qulogʻiga “lagʻmon osgan” shaxslar qopqonga tushdi

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi, deya xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
FDU talabasi va maxsus maktab-internat xodimi qoʻlga tushdi
Quvasoy shahridagi maxsus maktab-internati xodimi muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan, Fargʻona davlat universiteti talabasi bilan oʻzaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasining “Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ishi” yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3400 AQSH dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, maxsus maktab-internati xodimi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qirgʻizistondan oʻqishni ADTIga koʻchirib berishni vaʼda qilgan oʻqituvchi qoʻlga olindi
Buvayda tumanida kuzatilgan holatda esa umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Rishton tumanida yashovchi fuqaroning Qirgʻiz Respublikasi oliy oʻquv yurtidagi oʻqishini Andijon davlat tibbiyot institutiga koʻchirib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
“Stavkasi” baland shaxslar “qopqon”ga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi mansabdor tanishlari orqali, Nurafshon shahrida yashovchi fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 7500 AQSH dollari talab qilib, oldindan 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Buxoro innovatsiyalar universiteti xodimi mahalliy fuqaroni aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, uni Qirgʻiz Respublikasidagi oliy oʻquv yurtida oʻqiyotganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab, goʻyoki koʻchirish yoʻli bilan Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 26 mln. soʻm talab qiladi va oldindan 500 AQSH dollari va 14 mln. 400 ming soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.
Bu yoʻnalishda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi. Unda, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi, 1997-y.t. shaxs Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni Guliston davlat universitetining “Ijtimoiy-iqtisodiy“ fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyati ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



