So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
2021-yilda birja orqali qariyb 300 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotildi
2021-yil yakunlariga koʻra Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd soʻmlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40%ga, hajmi boʻyicha – 21%ga oʻsdi.
Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 % – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – toʻrtinchi, 9% – beshinchi va 10% – oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Fargʻona (8%dan), Namangan va Andijon (6%dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.