So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqanddagi basseyn ochilishiga 2 mingga yaqin fuqarolar jalb qilingan. Ularning orasida yarim-yalongʻoch raqqosalar ham bor...
Samarqanddagi basseyn ochilishiga yarim-yalangʻoch qizlarni jalb qilgan masʼullarga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 16-iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasida joylashgan “Vavilon” choʻmilish havzasining ochilish marosimida Samarqand tuman “Kulba” mahallasida yashovchi fuqaro D.N ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidasini qoʻpol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida ommaviy tadbir uyushtirgan.
Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalangʻoch holatdagi behayo oʻyinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilinmaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidani tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborilgan.
Tadbirda behayo oʻyinlar koʻrsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari koʻrigidan oʻtkazilib, OITS va OIV ga tekshirish uchun qon tahlillari olinib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.