So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hindistonda oʻzbekistonlik 3 ayol noqonuniy hibsda saqlanayotgani maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi 2021-yil oktyabr oyida Bihar shtatida Hindiston-Nepal chegarasini noqonuniy kesib oʻtayotganda qoʻlga olingan uch nafar opa-singil – Oʻzbekiston fuqarolari bilan bogʻliq vaziyatni nazoratga olgan.
Ayollar bilan bogʻliq vaziyat haqida Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar bergan. Qayd etilishicha, ayollar Feysbuk orqali tanishgan Hindiston fuqarosiga ishonishgan va Hindistonga ishlash uchun ketmoqchi boʻlgan. Hindiston nashri ular odam savdosi qurboniga aylangan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Oʻtgan yilning avgust oyida Arariya shahri sudi Oʻzbekiston fuqarolarini aybsiz deb topib, ularni mamlakatdan deportatsiya qilish kerakligi haqida qaror chiqargan, biroq byurokratik toʻsiqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi tufayli ular hamon hibsda qolmoqda.
Hibsxona maʼmuriyati, huquq himoyachilariga koʻra, mahbuslarning oila aʼzolari bilan muloqot qilishiga ruxsat berilmayapti. Oʻzbekiston elchixonasi xabarida “Afsus bilan qayd etish kerakki, fuqarolarimiz yoki ularning yaqinlari ushbu masala boʻyicha tezkor konsullik-huquqiy yordam olish uchun oʻz vaqtida murojaat qilmagan”, deyiladi.
Elchixona Hindiston tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan muzokaralar olib bormoqda.