So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ulugʻbek Inoyatov qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etishni taklif qildi
Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatov fargʻonalik saylovchilar bilan uchrashuvda oʻz dasturidagi taklif-tashabbuslar haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Xususan, qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, bunda miqdori qonun bilan belgilangandan yuqori uy-joy, avtotransport yoki boshqa mol-mulk mulkdorlaridan ushbu soliqning undirilishini nazarda tutish taklif etilmoqda.

Inoyatov shuningdek, taʼlim va ilm fan bilan bogʻliq qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan:
- maktablar oʻquv dasturlarida chet tillari va IT boʻyicha oʻquv soatlarini keskin koʻpaytirish;
- maktab oʻquvchilari uchun jamoat transportlaridan foydalanishda tabaqalashgan tariflarni joriy qilish;
- talabalarning darsni oʻzlashtirishi va ularning innovatsion faoliyatda ishtirokiga qarab, stipendiyalar miqdorini belgilash;

- turar-joy ijarasi uchun kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etish;
- olis qishloqlardagi bolalar uchun moʻljallangan madaniyat muassasalari, sport inshootlari, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining faoliyatini yanada rivojlantirish taklif etilmoqda.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir