So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi boshligʻi ishtirokida avariya sodir boʻldi
Kecha, 20-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Departamentning tuman boʻlimi boshligʻi boshqaruvidagi mashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, soat 16:10 lar atrofida Dehqonobod tumani “Qorashina” shaharchasi Termiz-Toshkent xalqaro yoʻlida Departamentning Dehqonobod tuman boʻlimi boshligʻi B.Gʻ. oʻziga biriktirilgan “Nexia-3” rusumli xizmat avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yoʻnalishdagi fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi bilan toʻqnashib, yoʻl transport hodisasiga uchragan.
Shuningdek orqa tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro U.Yo. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi ham B.Gʻ. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtomashinasiga kelib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli sud tibbiyot ekspertizalari hamda departament xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda. Ekspertiza hamda xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra qoʻshimcha axborot berilishi kutilyapti.