So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingan: Qashqadaryoda teleradiokompaniya mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Prokuratura Qashqadaryo teleradiokompaniyasi (QTRK) mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Ular davlat pullarini oʻzlashtirish yoki talon-taroj qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Effect.uzʻga yaqin manba xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaroning arizasiga binoan ish ochilib dastlab teleradiokompaniyaning bosh hisobchisi B.Z va chilangar A.Sga nisbatan 1 baravardan maʼmuriy jarima tayinlangan.
Bundan tashqari, arizada koʻrsatilgan boshqa vajlar boʻyicha mutaxassislar ishtirokida oʻrganish ishlarida jami 81,5 mln soʻm miqdordagi mualliflik haqi, ish haqi va boshqa toʻlovlar noqonuniy toʻlanib, byudjet mablagʻlari talon-taroj qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan teleradiokompaniya mansabdorlariga nisbatan 167-moddaning 2-qismi, 209-moddaning 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergovga jalb qilingan. Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.