So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Itdan tarqagan mahalla raislari” – Bandixonning “xayron” prokurori MFY raislarini ogʻziga kelgani bilan siyladi
Audiodagi ovozlar Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanovga tegishli ekani aytilmoqda.
Audioyozuvda, Prokuror mahalla raislarini tilga olib boʻlmas soʻzlar bilan haqorat qilgani eshitiladi. Audiodan anglashilishicha, prokuror tumandagi MFY raislarini yigʻib, soliq tushumlari boʻyicha hisobot berishni soʻragan.

Audioda prokuror bilan muloqot qilgan MFY raislari orasida ayol raislar ham borligi eshitiladi. Prokuror oʻz ovozida yigʻilishga “davleniyasi” borligi uchun kelmagan ayol rais haqida oʻta qoʻpol soʻzlarni aytadi.
Bosh prokuratura masʼul holat oʻrganilayotganini, tez orada oʻrganish natijalari haqida axborot berishini bildirdi. Viloyat prokuraturasi esa S.Maxmanovga tegishliligi taʼkidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar boʻyicha oʻrganish ishlari boshlanganini bildirdi.
Effect.uz soʻkongʻich prokuror bilan telefon orqali suhbatlashganda, u holatdan oʻzi ham xayronligini yashirmadi.
“Bilmayman, oʻzim ham hayronman, nima boʻlganini bilmayman toʻgʻrisi. Xayron qolyapman”, deydi Maxmanov.
Prokuror audio unga tegishli ekani toʻgʻrisida berilgan savolga javob bera olmadi.

“Yigʻilish boshlandi, kirib chiqay, shunda maʼlum boʻladi”, deydi Maxmanov.
Effect.uzʻga hozircha audio yozuv boʻyicha yigʻilish boshlangani maʼlum, biroq prokurorning ishda qolish yoki ketishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maʼlum emas.