So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
DXX Fargʻonada pora talab qilgan kadastr xodimini fosh etdi
Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyati boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda pora talab qilgan kadastr xodimi fosh etildi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi Toshloq tuman filiali yer balansi mutaxassisi S.M. fuqaro A. Yuga “Zarkent” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 8 sotix yer maydoniga dehqon xoʻjaligi tashkil qilish uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga undan 1800 AQSH dollari talab qilgan.
Xodim 1700 AQSH dollarini yashash xonadoni oldida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3 -qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.