So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada mushukni tiriklayin yoqqanlarga nisbatan qoʻllangan jazo ogʻirlashtirilyapti
Fargʻona viloyatining Quvasoy shahrida mushukni tiriklayin yoqqanlarga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazoga qoʻshimcha tariqasida yana bir modda qoʻshilmoqda.
Bu – 189-1 modda boʻlib, fuqarolar tazyiq, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qilganlari uchun jiddiyroq jazoga tortilishadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq ishga aloqador boʻlgan shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingan boʻlib, hozirda bu qaror Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilingan.
Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) hamda 189-1-moddasi (Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma mazmunan koʻrib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.
Maʼlumot oʻrnida, tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan toʻrt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.