So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda oʻqituvchi ayollarni urgan shaxs 1 yarim yil muddatga qamaldi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida oʻqituvchi ayollarni doʻpposlagan shaxsga jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning aprel oyida Uzun tumanidagi 31-sonli oʻrta taʼlim maktabida yuz bergan voqea bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan 16-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudida G. T. (1988-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tugʻilgan, 31-sonli maktabning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.
Eʼlon qilingan hukmga koʻra G. T. Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, jinoyat oqibatida ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararlar qoplanganligi hamda ularning sudlanuvchiga nisbatan daʼvosi yoʻqligi inobatga olingan holda unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilindi.