So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Odam qiyofasidagi mahluq: Samarqandda ota 3 nafar voyaga yetmagan farzandini chavaqlab, oʻldirgan
Samarqanda shahrida ota ayoliga jahl qilib, 3 nafar farzandini chavaqlab oʻldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqandda 36 yoshli erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali kelib chiqqan oʻzaro kelishmovchiligi natijasida jahl qilib, undan oʻch olish maqsadida 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta oʻgʻil) oshxona pichogʻi bilan qasddan oʻldirgan.
Shundan soʻng, u ushbu oshxona pichogʻi bilan tanasining chap koʻkrak sohasiga bir marotaba urib oʻziga tan jarohati yetkazgan. Hozirda u shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.