So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzah hokimi “Prado” va “Codillac Escalade”ni taʼmirlash uchun 65 mln soʻm ajratdi
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hokimlik balansida boʻlgan ikkita mashinani taʼmirlash uchun mahalliy byudjetdan 65 million soʻm ajratdi. Bu haqda viloyat hokimi tomonidan imzolangan farmoyishda maʼlum qilingan.
Maʼlum qilinishicha, hokim oʻrinbosari O.Ashurmatovning 2-iyundagi bildirgisiga muvofiq, Byudjet kodeksi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasiga asosan, viloyat hokimligi Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasi (A.Raxmatullayev)ga viloyat hokimligi balansida boʻlgan “Toyota Prado” va Coddilac Escalade rusumli yengil avtotransport vositasitalarini taʼmirlash maqsadida mahalliy byudjetning zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilovaga asosan 65 000.0 (oltmish besh million) ming. soʻm mablagʻni viloyat hokimligiga ajratish vazifasi topshirilgan.

“Viloyat hokimligi Ishlar boshqaruvchisi (A.Abduvaxobov)ga ajratilgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli foydalanish vazifasi yuklatilsin.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining viloyat boshqarmasi (I.Sobirov)ga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A.Mustanov va Ishlar boshqaruvchisi A.Abduvaxobov zimmasiga yuklansin”, — deyiladi farmoyishda.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir