So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryodagi hokim va “kattalar”ning “richagi” tortildi
Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va “Dolzarb 10 kunlik”da ishlarni sifatli amalga oshirish yuzasidan barcha hududlar rahbarlari va soha masʼullariga vazifalar belgilab berildi.
Kecha, 14-iyun kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, xususan, gʻalla oʻrim-yigʻimi va gʻoʻza parvarishi hamda agrotexnik tadbirlarning borishi yuzasidan viloyat Ishchi guruhining Muzrabot, Sherobod va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi oʻrganish natijalari yuzasidan tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Hududlarda otryadlar tomonidan kunlik reja-grafik asosida gʻalla oʻrimini tashkil etish, belgilangan rejaning bajarilishi, gʻoʻza parvarishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, “Dolzarb 10 kunlik”da agrotexnik ishlov va qoʻshimcha ozuqa berish hamda sugʻorish tadbirlarining amalga oshirilishi tanqidiy-tahlil qilindi.

Faoliyatida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari hamda oʻz vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun “Amuzang” havza boshqarmasi boshligʻini ish haqidan 40 foiz jarimaga tortish, Muzrabot tumani hokimi va qishloq suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariga “hayfsan”, Muzrabot tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻini vazifasidan ozod etish, Sherobod tumani hokimiga navbatdagi intizomiy jazo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻiga “hayfsan” jazosi berish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, Qumqoʻrgʻon tumanidagi oʻrganish natijalari yuzasidan qator masʼullar ogohlantirildi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish va “Dolzarb 10 kunlik”da ishlarni sifatli amalga oshirish yuzasidan barcha hududlar rahbarlari va soha masʼullariga vazifalar belgilab berildi.
Topshiriqlar ijrosi yuzasidan ikki kundan keyin Muzrabot tumanida oʻrganish oʻtkazilishi belgilandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir