So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev DXXga yangi vazifalar yukladi
Prezidentning 31 maydagi muhim axborot infratuzilmasi (MAI) ob’yektlari kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaroriga muvofiq, Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli organ sifatida qator vazifalar yuklatildi.
DXXga muhim axborot infratuzilmasi (MAI) ob’yektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashda vakolatli organ sifatida monitoring olib borish, xodimlarni attestasiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida MAI ob’yektlarining yagona davlat reyestrini shakllantirish kabi vazifalar yuklatildi.
Prezidentning 31 maydagi muhim axborot infratuzilmasi (MAI) ob’yektlari kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qaroriga muvofiq, Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli organ sifatida qator vazifalar yuklatildi.
Hujjatga ko‘ra, DXX muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini kuzatib boradi, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni qonunchilikda belgilangan tartibda ta’minlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borish vazifasi ham topshirildi.
DXX tomonidan o‘ta muhim va toifalangan ob’yektlardagi muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bu haqda xabardor qilinadi hamda ularning natijalari to‘g‘risida 48 soat ichida yozma axborot kiritiladi.
MAI ob’yektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi yuzasidan vakolatli davlat organi o‘z vaqtida xabardor etiladi hamda ushbu xodimlarni har 3 yilda bir marta vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
DXX, shuningdek, 2023 yil 1 oktyabrga qadar muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining vaqtinchalik yagona davlat reyestrini shakllantiradi va vaqtinchalik nizomni tasdiqlaydi.
2024 yil 1 dekabrga qadar xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarining doimiy yagona davlat reyestrini shakllantirish hamda ob’yektlarni toifalashning doimiy tartibini belgilash yuzasidan takliflarni prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga kiritishi topshirildi.
MAI ob’yektlarida kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish, tezkor chora ko‘rish va oqibatlarini bartaraf etish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
MAI ob’yektlarining yagona davlat reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
2022 yilning aprel oyida prezident «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Unga ko‘ra, davlat organlarining axborot resurslari va tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi. DXX kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ etib hisoblanadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir