So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda “Jihodchilar” va “Hizb ut-Tahrir” targʻibchilari qoʻlga olindi
Samarqand viloyatida “Hizb ut-Tahrir” va “Jihodchilar” ekstremistik oqimlarining gʻoyalarini targʻib qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida tadbir oʻtkazilgan. Aniqlanishicha, ishtixonlik 34 yoshli R.M. “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik oqimning Qirgʻizistondagi rahnamosi bilan aloqada boʻlgan.
Qayd etilishicha, R.M. uning koʻrsatmasi bilan tashkilot gʻoyalarini internet orqali targʻib qilgan va ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qoʻyilgan.
Shu bilan birga, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi 32 yoshli B.J. hamda urgutlik 36 yoshli X.S. “Jihodchilar” oqimi rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual doʻstlariga tarqatib kelgani aniqlanib, qoʻlga olindi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.