So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Oʻzbekiston demografik jihatdan tez oʻsib bormoqda” – Tanzila Narbayeva
Maʼlumki, Samarqanddagi Halqaro turizm markazida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik anjumani boʻlib oʻtyapti.

Taʼkidlanishicha, 73 ta aʼzo davlatdan 1500 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan ushbu tadbirda 2022-yildagi hamkorlik natijalari koʻrib chiqilib, mintaqalarga taʼsir koʻrsatayotgan mavjud muammolarni hal etish boʻyicha birgalikda koʻrilayotgan choralar tahlil qilingan.
“Yangi koʻnikmalar yoʻli – Markaziy Osiyoda inson kapitalini shakllantirish” mavzuidagi panel muhokamasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etib, asosan yoshlar haqida fikr bildirdi.
Muhokamalar davomida mamlakatlar aholisining oʻsib borayotgan, yosh va boshqa qatlamlari salohiyatidan qay tarzda samarali foydalanish hamda mazkur salohiyatni qanday qilib barqaror oʻsish katalizatoriga aylantirish mumkinligi yuzasidan fikr almashilgan.
Xususan, professional taʼlimni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish, aholini, ayniqsa, yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish, bunda xususiy sektor ulushini oshirish, bu doiradagi barcha jarayonlarning qonuniy asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Senat Raisi muhokamalar jarayonida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
«Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonda 10 dan ortiq loyihalar doirasida yoshlarimizning salohiyatini oshirishga, yaʼni inson kapitalini rivojlantirishga katta koʻmak bermoqda. Oʻzbekiston demografik jihatdan tez oʻsib bormoqda. Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelyapti.
Ularning barchasini oʻqitishimiz va kasbga tayyorlashimiz, shu bilan birga munosib mehnat, munosib ish haqi va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan taʼminlashimiz zarur. Albatta, bu yoʻnalishda va biz uchun strategik ahamiyatli boʻlgan boshqa masalalarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan izchil va samarali hamkorlik qilishimiz nihoyatda muhim».
Maʼlum qilinishicha, YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik anjumani doirasida, shuningdek, xalqaro savdo, energetika xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyot uchun ahamiyati, rivojlanayotgan bozorlarda raqamlashtirish kabi yoʻnalishlarda xalqaro mutaxassis va ekspertlar ishtirokida muhokamalar tashkil etilgan.



