So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Samarqanddagi YETTB yigʻilishida 4 mlrddan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi
Bugun, 17-may kuni Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilar Kengashining 32 yillik yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dasturga muvofiq bugun Samarqand turistik markazining Kongress-xollda 20 ta panel munozaralari, Bankning institutsional tadbirlari va boshqa tadbirlar oʻtkazilgan.
Yigʻilishdagi asosiy mavzular qatorida “Oʻzbekistonning yangi sarmoyaviy istiqbollari”, “YETTB ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida”, “Markaziy Osiyoda moliyaviy bozorlar orqali xususiy kapitalni safarbar etish: muammolarga javob”, “Markaziy Osiyo: barqaror energetika yoʻlida” va boshqalar oʻrin olgan. Shuningdek, qator investitsiyaviy bitim va shartnomalar imzolandi.
Jumladan, YETTB Boshqaruvchilar Kengashining 32 yillik yigʻilishining 2-kunida hujjatlarni imzolash boʻyicha boʻlib oʻtgan marosimlarida Oʻzbekiston hukumati va YETTB oʻrtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yoʻlga uchun 49 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish toʻgʻrisida, shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va TAQA Energetika kompaniyasi oʻrtasida umumiy quvvati 1600 MVt gacha boʻlgan kombinatsiyalashgan gaz-turbinali uskunani oʻrnatish loyihasini amalga oshirish boʻyicha 1,2 milliard dollarlik, bundan tashqari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi va “MASDAR” kompaniyasi oʻrtasida 2,6 milliard dollari miqdorida quvvati 2150 MVt va 500 MVt boʻlgan foto va shamol elektr stansiyalari loyihalarini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha bitim, qoʻshimchasiga, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida Toshkent shahrida elektr energiyasini taqsimlash loyihasi boʻyicha 300 million dollarlik moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Eʼtiborlisi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning “Suez” kompaniyasi oʻrtasida Surxondaryo viloyatida suv taʼminoti tizimini yaxshilash boʻyicha umumiy qiymati 500 million dollarlik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va ACWA Power kompaniyasi oʻrtasida “Yashil vodorod” loyihasini rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati 88 million dollarlik investitsiya shartnomasi imzolangan.



