So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Dehqonobodda IIB YHXB va xususiy korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida IIB YHXB va xususiy korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Effect.uz manbasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, ish boʻyicha Mirishkor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Dehqonobod tumani IIB YHXB hamda “NBB-AVTO TEX-XIZ” xususiy korxonasi tomonidan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish jarayonida Vazirlar Mahkamasining 09.03.2021-yildagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari buzilganligi holati yuzasidan 28.02.2023-yilda Jinoyat kodeksining 192-moddasi 1-qismi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suisteʼmol qilish) va 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ayni paytda Mirishkor tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilyapti. Taʼkidlanishicha, tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan boʻlib, ish holatlari har tomonlama, tulaqonli, holisona tekshirilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.