So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbek snayper qizi haqida film olindi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Cinema of Central Asia” studiyasi tomonidan suratga olingan “Oʻzbek qizi” badiiy filmining ilk katta premyerasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu film oʻtgan asrning 1941-1945-yillarida boʻlib oʻtgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ishtirok etgan oʻzbek xotin-qizlarining jang maydonlarida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Ikkinchi jahon urushi davrida ayollarni urushga safarbar etish boʻyicha hukumat qarori eʼlon qilingan. Mazkur hujjat asosida 1942-yilning 1-mayidayoq Oʻzbekistondan 448 nafar ayol Qizil armiya safiga safarbar etilgan.
Shu yil oxiriga kelib esa bir ming 600 nafar oʻzbek ayollari urushga yuborilib, jang maydonlarida dushmanga qarshi kurashda katta jasorat koʻrsatgan.
Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, bular asosan 19 yoshdan 26 yoshgacha boʻlgan ayollardir. Ular orasida dushman bilan yuzma-yuz turib, jang olib borgan Zeboxon Gʻaniyeva, Rahima Alimova, Azizaxon Qalandarova, Sharofat Eshonxoʻjayeva, Sora Shukurova, Xosiyat Usmonova, Roza Ibrohimova, Salomat Sangidova, Sobira Majidova singari xotin-qizlar faxr bilan tilga olinadi.
Film ssenariy mualliflari Baxtiyor Abdugʻofur, Igor Kosteychenko va Mansur Abduxoliqov, postanovkachi rejissor Akbar Bekturdiyev, operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, montaj ustasi Xurshid Alixoʻjayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.
Filmda rollarni Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanitsin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilgan.