So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Chustda tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va hisobchisi pora bilan qoʻlga olindi
Chust tumanida tadbirkordan 10 foiz ulush talab qilgan hisobchi va bosh shifokor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Chust tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi B.S. “Ch.O.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan tibbiyot birlashmasiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun oʻtkazib berilgan 1,3 mlrd soʻm evaziga MCHJ ish boshqaruvchi M.M.dan ushbu mablagʻlarning 10 foizi miqdorida “ulush” talab qilib, shundan 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, birlashma bosh shifokori S.K. bosh hisobchidan 2 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



