So`ngi yangiliklar
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
“Oʻzbek-qirgʻiz” chegarasidan oʻtuvchi yashirin yer osti yoʻli fosh etildi
2022-yilning 23-iyun kuni Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasidan oʻtuvchi yashirin yer osti yoʻli fosh etildi.

Dastlab, mahalliy fuqaro boshqaruvidagi avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy bahosi 7 mlrd 603 mln 650 ming soʻmni tashkil qiluvchi, 38 turdagi 2707 dona mobil telefon apparatlari borligi aniqlandi.
Soʻngra u vaqtincha yashab kelayotgan Rishton tumanidagi xonadonda Qirgʻiz Respublikasi hududiga olib oʻtuvchi 10 metr pastlikda, balandligi 2 metr, kengligi 1,2 metr, uzunligi 128 metr boʻlgan, tushib-chiqish uchun lift bilan jihozlangan yer osti yoʻli borligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Dangʻara tumanida yashovchi, 1991-y.t. ushbu shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegaraoldi hududida joylashgan hovli uylardan sotib olib, ularning koʻcha tomon qismlarini baland devorlar bilan toʻsgan va jinoiy harakatlarini maskirovka qilish maqsadida har ikkala uyda, yaʼni Qirgʻiz Respublikasi hududidan sotib olgan xonadonda penablok ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan sotib olgan uyda esa chorvachilik tashkil etgan.
Soʻngra Dangʻara tumanida istiqomat qiluvchi, 1984-1993-yillar oraligʻida tugʻilgan 5 nafar fuqaroni yer osti yoʻli qazishga yollagan.
Yer osti yoʻli qurib bitkazilganidan keyin, u orqali Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini, xususan, mobil telefon apparatlar, matolar, tibbiyot buyumlari va dori vositalarini, Oʻzbekistondan esa koʻp miqdordagi xorijiy valyuta qimmatliklarini qoʻshni davlatga oʻtkazish bilan shugʻullangan.
Aniqlangan ushbu holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi bilan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining 182 va 223-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularning 3 nafariga 6 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi, qolgan 3 nafariga esa axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida olingan 7 mlrd 603 mln 650 ming soʻmga baholangan 2707 dona mobil telefon apparatlari davlat egaligiga oʻtkazilishi belgilandi.
Bundan tashqari, Rishton tumani Qozi Ahror MFY, A.Temur 3-tor koʻchasida joylashgan umumiy yer maydoni 1524 m2 boʻlgan uy davlat egaligiga oʻtkazilishi va ushbu uydagi yer osti yoʻli tegishli tartibda koʻmib tashlanishi belgilandi.



