Qidirish

10:02 / 2023-05-03 371 0 Hodisalar

Quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlaridan qanday himoyalanish kerak?

Bugun, 3-may kuni Toshkent shahrida quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 balli shkalada 10 ball boʻlishi kutilayotgani maʼlum qilindi.

Xoʻsh, yuqori ultrabinafsha nurlari nimasi bilan xavfli? Undan qanday himoyalanish kerak?

world-news

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi maʼlum qilishicha, bunday paytda quyosh nuri allergik reaksiyalar keltirib chiqarishidan ehtiyot boʻlish lozim.

Xususan, bu kabi noqulay ob-havo sharoitida terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.

Quyosh nurining oʻzi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan oʻzaro taʼsirga kirishganda, allergik reaksiya paydo boʻlishi mumkin.

Oqibatda koʻkrakning yuqori qismi, boʻyin, qoʻl sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dogʻ va turli toshmalar yuzaga keladi. Baʼzan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar kuzatiladi.

Qolaversa, koʻzning shilliq qavatiga ultrabinafsha nurlarining taʼsiri konyunktivit va keratit, yaʼni shohpardaning yalligʻlanishini ham keltirib chiqaradi” — deydi markaz rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova.

Respublika koʻz kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov ultrabinafsha nurlarining taʼsiri haqida gapirdi.

Bunday yalligʻlanish zararli nur taʼsiridan bir necha soat oʻtgach paydo boʻlib, ikkisi ham ogʻriqli kechadi. Shu bilan birga, ultrafinafsha nurlar kataraktaning rivojlanishiga ham sabab boʻladi”, — deydi Ikromov.

Bundan tashqari, nurlanish indeksi yuqori boʻlgan vaqtda ochiq havoda uzoq vaqt yurish saraton kasalligiga moyillikni oshirib, immunitetni pasaytiradi.

Shu bois bunday kunlarda soat 11:00dan 16:00gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tugʻilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, koʻzoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish