So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Erdogʻan Mirziyoyevga qo’ng’iroq qildi
Bugun, 2-may kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan hamkasbi Shavkat Mirziyoyevga qo’ng’iroq qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqilgan.
“Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini Konstitutsiya islohoti boʻyicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh Oʻzbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Suhbatda mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi oʻrtasida boʻlajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir