So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Davlat ularni unutmaydi: Prezident farmoniga koʻra halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi
“Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2023-yil 1-apreldan:
- halok boʻlgan harbiy xizmatchi (xodim) oila aʼzolariga biryoʻla beriladigan nafaqa marhumning oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yigʻindisining 150 baravari miqdorida belgilanadi;
- harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi doirasida harbiy xizmatchi (xodim) halok boʻlganda toʻlanadigan sugʻurta summasi BHMning 200 baravari miqdorida belgilanadi.
2023-yil 1-maydan:
- oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan pul taʼminotining (ish haqining) 50 foizi miqdorida belgilanadi;
- oila aʼzolari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, 23 yoshga toʻlmagan farzandlari) daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi;
- belgilangan tartibda turarjoyga muhtoj deb tan olingan taqdirda, turarjoy bilan birinchi navbatdagi tartibda taʼminlanadi.
2023-yil 1-iyundan:
- halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi;
- halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2-marta temir yoʻl va havo yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.
2023-yil 1-dekabrgacha quyidagi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
➖“Faxriylar toʻgʻrisida”gi;
➖“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi;
➖“Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi.