So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti 23 mlrdga soʻmga yaqin gazni “tuya” qilgan
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida mazkur punkt va stansiyalarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi qarori talablariga rioya etilmagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, jami 22,9 mlrd soʻmlik (4794 tonna) suyultirilgan gaz asoslantiruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda talon-toroj qilingani aniqlandi.
«Holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish ishlari olib borilmoqda», - deyiladi xabarda.