So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Erdogʻan yurak xurujiga uchragani rostmi?
Kecha, 26 aprel kuni Turkiya yetakchisi jonli efirda tobi qochib, efirni to'xtatishni so'radi.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan maʼmuriyatining aloqa boʻlimi qoshida tashkil etilgan Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi chorshanba kuni uning yurak xurujiga uchragani va kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Erdogʻanning yurak xuruji boʻlgani va kasalxonaga yotqizilgani haqidagi iddaolar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Prezident ertaga boʻlib oʻtadigan Akkuyu atom elektr stansiyasida birinchi yoqilgʻini yuklash marosimida jonli efir orqali ishtirok etadi», - deyiladi markaz xabarida.
Prezident maʼmuriyati Turkiya rahbarining sogʻligʻi yomonlashayotgani haqidagi asossiz daʼvolarni ham keskin rad etdi.
«Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdogʻanning sogʻligʻi haqidagi bu asossiz daʼvolarni qatʼiyan rad etamiz. Ertaga prezidentimiz videokonferensiya orqali Akkuyu atom elektr stansiyasining ishga tushirilishida ishtirok etadi.
Qanchalik dezinformatsiya qilishmasin, vaziyatni oʻzgartira olishmaydi. Turk xalqi oʻz rahbarini qoʻllab-quvvatlayotgani va 14-may kuni boʻlib oʻtadigan saylovda Rajab Erdogʻan va Adolat va taraqqiyot partiyasi gʻalaba qozonishi haqiqatdir», — deyiladi maʼmuriyatning Twitterʼdagi rasmiy sahifasida eʼlon qilingan bayonotda.
Turkiya vitse-prezidenti Erdogʻanda yengil shamollash borligini aytdi.
“Prezidentimizning ahvoli juda yaxshi. Doimiy aloqadamiz. Bir oz shamollab qolgan”, - deya taʼkidladi siyosatchi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya prezidenti chorshanba kuniga rejalashtirilgan barcha ommaviy chiqishlarni bekor qilgandi.
Bundan tashqari, u Akkuyu AESda yadroviy yoqilgʻi yetkazib berish marosimida ishtirok etish uchun 27-aprel kuni Mersinga safarini bekor qildi, u video aloqa orqali ishtirok etadi.
Erdogʻan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilishi kerak boʻlgan Turkiyaning toʻrt telekanalida payshanba kuni boʻlishi kerak boʻlgan intervyuni ham bekor qildi.



