So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda 3 yoshli qiz onasi tomonidan ayovsiz kaltaklandi
Videodagi holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, Denov tumanida yashovchi M.A.ismli ayolning qizi 22 aprel kuni soat 13:00larda koʻchaga oʻrtoqlari bilan oʻynash maqsadida chiqadi va oradan biroz vaqt oʻtganidan keyin onasi uni chaqirganligini eshitib, onasidan qoʻrqqanidan yashiringan.
Onasi qizini taxminan 40 minutlar koʻchadan qidiradi va qizi topilganidan keyin uni uyiga olib kirib, tayoqcha bilan uni urib kaltaklagan.
Hozirgi vaqtda X.S. ismli qiz Denov tuman markaziy kasalxonasida davolanib kelmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.