Qidirish

03:59 / 2022-01-19 100 0 Biznes

Surunkali charchoq kasallikmi? Undan qanday qutulish mumkin?

world-news

Surunkali charchoq sindromi kasallik deb ataladi. Uning asosiy sababi organizmdagi viruslardir. Belgilariga toʻxtaladigan boʻlsak, insonda mushaklardagi ogʻriq va oʻzini yaxshi his qilamaslik bilan namoyon boʻladi. Kasallikka asosiy soni - bu 25-45 yoshdagi yirik shaharlarda yashaydiganlar duchor boʻladi. Ushbu toifadagilar oilasini taʼminlashga va kasbiy oʻsishga qattiq intilib, oʻzlarida rivojlanayotgan alomatlarga eʼtibor bermaydi. Natijada, ortiqcha yuklamalar taʼsiriga tushib qoladi.

Belgilari

  • uzoq vaqt davom etadigan va oʻtishi qiyin boʻlgan doimiy charchoq;
  • zaiflik hissi;
  • oddiy ishlarni bajargandan keyin ham tez holsizlanish;
  • butun tanadagi, ayniqsa mushaklardagi ogʻriq;
  • fikrlash qobiliyatining yomonlashishi;
  • uyqu buzilishi;
  • qoʻrquvning kuchayishi;
  • kuchli bosh ogʻrigʻi;
  • befarqlik;
  • shamollashga moyillik va surunkali kasalliklarning tez-tez kuchayishi.

Sabablari

Surunkali charchoq sindromi markaziy asab tizimi uchun zarur boʻlgan moddalarni organizm yetalicha qabul qilish darajasi pasayganda kelib chiqadi. Tana aʼzolariga keraklicha vitaminlar yetib bormaganligi hisobiga, odam kasalliklarga tez chalinadigan boʻlib qoladi. Oʻz-oʻzidan kimlar xavfli guruhga mansub degan savol tugʻiladi.

Xavfli guruhga mansublar

Bular:

  • yirik shahar aholisi (xavf 85-90%);
  • shaxsiy gigiyenaga amal qilmaydigan shaxslar;
  • kun davomida kompyuter qarshisida ishlaydiganlar;
  • ekologik muhiti yomon hududlarda istiqomat qiladiganlar;
  • tibbiyot xodimlari, uchuvchilar, qutqaruvchilar, siyosat vakillari, temir yoʻl transporti operatorlari, tadbirkorlar;
  • surunkali kasalliklardan aziyat chekayotganlar;
  • ruhiy kasalliklar, depressiya va stressni boshdan kechirayotgan shaxslar;

Yuqoridagi misollardan bilib olishimiz mumkinki, surunkali charchoq sindromi ruhiy patologiya emas, balki salomatlikdagi muammolar orqali kelib chiqadigan belgilarga eʼtiborsizlik natijasidir...

Yechim qanday?

Mutaxassislarning fikriga koʻra, dastlab bemorning atrofida sogʻlom psixologik muhit yaratish lozim. Tashxis qoʻyilgach bemorga bu ogʻir kasallik emasligi, balki umumiy charchoq holati ekanligi haqida tushuntirish berilishi kerakligi, bu holatdan toʻla tuzalib ketishi tushuntiriladi. Bunday yondashuv albatta, bemorga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Davolashda psixoterapiya, fizioterapevtik muolajalar, ignaterapiya, uqalash va umumiy tonusni oshiruvchi dorilar katta yordam beradi. Bemorga ichish, chekish kabi yomon odatlardan voz kechish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va dam olish sihatgohlariga borib turish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, turli shifobaxsh oʻsimliklar, xalq tabobati usullari ham yaxshi samara beradi.

Kashnich, yalpiz, togʻrayhon hamda qora sedana, kuvvatsizlik va surunkali charchoqqa qarshi tabiiy yordamchidir. Ayniqsa, qora sedana tarkibidagi timol moddasining immunitetni oshirishda, shamollash, surunkali charchoq hamda quvvatsizlikda ijobiy taʼsir koʻrsatishi eʼtirof etiladi. Bugungi kunda oliy navli qora sedanadan tayyorlangan ALHADAYA kapsulalari Oʻzbekistondagi 50 mingdan ziyod mijozlarini topib ulgurgan. Salomatlikni asrashda, kasalliklarga qarshi kurashda eng yaxshi usul tabiiy yoʻl ekanligini unutmang!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Fikr bildirish