So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda 3 yoshli qizaloq enaganing uyida vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli qizning oʻlimi holati yuzasidan videomurojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25-aprel kuni 1996-yilda tugʻilgan D.U. Sergeli tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, sinfdoshi 1996-yilda tugʻilgan Sh.N.ga, voyaga yetmagan farzandi 2020-yilda tugʻilgan S.U.ni enagalik qilishi uchun topshirganligini, lekin farzandi uning xonadonida vafot etganligini maʼlum qilgan.
Tekshiruv jarayonida Sh.N. voyaga yetmagan S.U. 24.04.2023-yilda yertoʻlaga tushish zinasidan yiqilib tushganligini, lekin oʻrnidan turib yana oʻynab ketganligi sababli uning onasiga bu haqida xabar bermaganligini, shifokorlarga ham S.U.ga tibbiy yordam koʻrsatishi uchun murojaat qilmaganligini, 25 aprel kuni taxminan soat 10.00 larda S.U. xushidan ketib yiqilganligini va tez tibbiy yordam xodimlari kelguniga qadar vafot etganligini maʼlum qilgan.
Marhumaning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 117-moddasi (“Xavf ostida qoldirish”) bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchi Sh.N. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.