So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda shifokor bemorning eri va uning sheriklari tomonidan kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanida shifokor kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat SSB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 aprel kuniga oʻtar kechasida Asaka tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasiga tez tibbiy yordam mashinasida hushsiz holdagi ayol olib kelingan, tibbiyot xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tadbirlar oʻtkazilgan, kasalni koʻrish jarayonlarida erkak shifokor emas, oʻz xotinini ayol shifokor koʻrishi kerakligi boʻyicha turmush oʻrtogʻi tomonidan talablar qoʻyish davrida kelishmovchiliklar kelib chiqqan.
Ertasi kuni mojaro shifokorni taqib etgan holda, boshqa joyda davom etib, bemorning eri va sheriklari tomonidan shifokor kaltaklanib, ogʻir jarohat yetkazilgan.
Kaltaklanish oqibatida, “Bosh miya ogʻir jaroxati, chayqalishi, chap quloq ezilgan-kesilgan jaroxati(ZCHMT) tashxisi qo’yilgan.
Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.