So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda bir gala qizlar maktabdoshini yerto’lada “samosud” qilishdi
Ijtimoiy tarmoqda bir nechta qizlar boshqa qizni doʻpposlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, videoda aks etgan voqea 25-aprel kuni taxminan soat 15:00 larda Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFY Uchlola koʻchasi 4-uyning yertoʻla qismida sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, shu tumandagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi 7-sinf oʻquvchisi S.S. dugonalari Ch., S., T. va G.lar bilan birga shu maktabning 8-sinf oʻquvchisi K.M.ni doʻpposlashgan hamda tasvirga olingan videoni oʻzining Instagramʻdagi sahifasiga joylab tarqatgan.Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli ota-onalar! Qizlarimiz timsolida Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonim kabi siymolarni ko'rishga odatlanganmiz. Bugungi maktab o'quvchisi ertaga ona, bir xonadon bekasi bo'ladi.
Qizlarimiz o'zlarining ibo va hayosi bilan go'zal. Afsuski, keyingi paytlarda ular ishtirokida sodir bo'layotgan xunuk voqealar kattayu kichikni birdek ranjitib, tashvishlantirmoqda.
Hech bir zamonda o'zbek qizlarining bunday ahvolga tushmaganligi bugun barchamizning dilimizni xira qilib, millatimiz sha'niga dog' bo'lmoqda.
Bu esa nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarimiz zimmasiga ham farzandlarimiz, jumladan, qizlarimizning tarbiyasida katta mas'uliyat yuklaydi”, - deyiladi munosabatda.