So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
YPX inspektoriga qarshilik ko’rsatgan haydovchi qamaldi
Qashqadaryoda YPX inspektoriga faol qarshilik ko’rsatgan haydovchi qamoqqa olindi. Bu xaqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12-aprel kuni soat taxminan 17:40 larda fuqaro Q.M. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli transport vositasini oʻzi va oʻzgalar hayotini xavf ostiga qoʻyib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda M-39 avtomobil yoʻlining “Kitob-Shahrisabz” yoʻnalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yoʻqotib qarama-qarshi yoʻnalish boʻylab harakatlanib kelayotgan fuqaro J.J. boshqaruvida boʻlgan “Hamkor” rusumli motosikl bilan yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Shu vaqtda oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB katta inspektori yoʻl-transport hodisasini protsessual rasmiylashtirish maqsadida haydovchini toʻxtatib, Q.M.ning spirtli ichimlikdan mastlik holatini aniqlash uchun “alkotester” tekshiruvidan oʻtkazmoqchi boʻlganida haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga boʻysunmasdan faol qarshilik koʻrsatib, YPX inspektorining xizmat faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.M.ga nisbatan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi protsessual tartibda ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.