So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiy SSB boshlig’i vafot etdi
Sogʻliqni saqlash tizimida masʼul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Zafar Rasulov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rasulov 1979-yil 23-oktyabrda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli tibbiy sanitariya qismi terapevti sifatida boshlagan. 2012-2020-yillarda Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor oʻrinbosari, birlashma boshligʻi, Navoiy viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
2020 — 2023-yillarda esa Navoiy viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi sifatida samarali mehnat qilgan.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxsh etgan jonkuyar va tashkilotchi rahbar Zafar Rasulovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi” – deyiladi xabarda.