So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish kerak, Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Shundan so’ng, u 2022 yil 30 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Baxtiyor Odilovich Saidov — 1981 yil Samarqandda tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan.
2016 yil yanvar oyida “O‘zbekengilsanoat” AK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017 yil 26 iyuldan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi bo‘lib ishlagan.
2018 yil 4 apreldan u bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi, 2019 yil iyul oyida qarorgohi Pekinda bo‘lgan O‘zbekistonning Filippindagi elchisi bo‘lib ham ishlagan. 2021 yildan 2022 yil so‘nggiga qadar Saidov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov lavozimdan ketgach, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlangandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir