So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryodagi koʻpqavatli uyda gaz portladi. Jabrlanganlar bor
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi xonadonlardan birida gaz portladi. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 24 aprеl kuni soat 21:49 larda Kitob tumani “Guliston” MFY da joylashgan 4 qavatli 68-uyning 13-xonadonida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Portlash natijasida fuqaro A.E. yengil tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Chaqnash oqibatida uyning dеraza va eshik romlari joyidan qoʻzgʻalgan.Voqеa joyiga tumanning FVB, IIB, SSB, gaz-taʼminoti boʻlimi hamda prokuratura masʼullari chiqishgan.
“Holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi kabi koʻngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan gazdan foydalanishda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishni soʻrab qoladi”, — deyiladi xabarda.