Qidirish

23:23 / 2023-04-16 834 0 Hodisalar

Avtobusga joylashtirilgan eʼlon olib tashlandi – “Toshshahartransxizmat” AJ

Bugun, 16-aprel kuni, 43-sonli yoʻnalishdagi avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targʻib qiluvchi eʼlon avtobus saloniga joylashtirilganligi aks etgan tanqidiy foto joylashtirildi.

world-news

“Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirib, eʼlonlar olib tashlanganini bildirdi. Maʼlum qilinishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning masʼul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv oʻtkazilganda, ushbu holat “8-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, saroy raqami 433-boʻlgan, “ISUZU” rusumli, 43-sonli avtobus yoʻnalishida kuzatilganligi aniqlandi hamda avtobus salonidagi mazkur eʼlon tezkorlik bilan olib tashlangan.

Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari oʻrtasida navbatdan tashqari yoʻriqnomalar oʻtkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishini oldini olish, jamoat transportida eʼlon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xabaringiz bor, “Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibi yangi, zamonaviy, katta sigʻimli avtobus va elektrobuslar bilan yangilanib bormoqda. Poytaxtda harakatlanuvchi avtobuslardagi tirbandliklarni oldini olish maqsadida, aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan gazda va elektrda harakatlanuvchi katta sigʻimli avtobuslarning 400 donasi, 20-aprel kunidan boshlab, avtobus yoʻnalishlarida aholimizga xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish