So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekiston xalq artisti Guli Hamrayeva 76 yoshida vafot etdi
Guli Hamrayeva mamlakatning yetakchi balerinasi edi.
О'zbek balet sanʼatining yetuk isteʼdod egalaridan biri, O'zbekiston xalq artisti Xamrayeva Guli Razzoqovna 76 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Guli Xamrayeva Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi, eng sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi partiyalar ijrochisi, betakror isteʼdod sohibasi, mehribon va jonkuyar ustoz sifatida butun umrini balet sanʼatini rivojlantirishga bag'ishlagan.
Uning “Baxchirayskiy fontan", ”Don Kixot“, ”Esmeralda“, ”Dilorom“, ”Amulet lyubvi“, ”Spartak" va boshqa ko'plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan munosib o'rin egallagan.
"O'zbekiston xalq artisti Xamrayeva Guli Razzoqovnaning bevaqt vafoti munosabati bilan, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi ustoz sanʼatkorning oila aʼzolariga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Xamrayeva Guli Razzoqovnaning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot o’rnida, Guli Hamroyeva - 1946 yil Toshkentda tug‘ilgan. U O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevni qizi.
Guli Hamroyeva 1966 yil Toshkent xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. Shu yili Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida balet raqqosasisi bo‘lib ishlagan. U 2002 yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rektori lavozimida ishlagan.