Qidirish

19:18 / 2023-04-13 1650 1 Hodisalar

“U mening begʻubor bolaligimni oʻgʻirladi” — ­Milliy gvardiya xodimi 13 yoshli qizni zoʻrlagani aytilmoqda

Jinoyat sodir etilgan vaqtda qiz 13 yosh, erkak – 27 yoshda boʻlgan.

world-news

Milliy gvardiya xodimi voyaga yetmagan qizni zoʻrlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Nemolchi.uz” loyihasiga jabrlanuvchining ota-onasi murojaat qilgan.

Maʼlum qilinishicha,ota-onasi bilan AQSH da istiqomat qiladi, lekin oʻsha yozda (2019 yil) Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi buvisinikiga kelgan.

Jabrlanuvchining aytishicha, oʻsha oqshom, u dugonasidan ortda qilib, uyga qaytayotgan boʻlgan. Birdaniga unga buvisining qoʻshnisi, Sharipov Sh. kuch ishlatib uni bir binoga olib kirgan va aynan oʻsha yerda oʻzining qabih niyatiga erishgan.

Men yordam chaqirish uchun baqirdim, lekin koʻchada hech kim yoʻq edi. U meni kuch bilan sudrab qoʻshimcha imoratga olib kirdi va soʻriga tashladi. Shundan soʻng u bir qoʻli bilan ikki qoʻlimdan ushlab, ikkinchi qoʻli bilan ichki kiyimimni yechdi. <…> Soʻng, menga kiyinishimni buyurdi va hech kimga aytmasligimni tayinladi, aks holda meni oʻldirish bilan qoʻrqitdi”, - deydi jabrlanuvchi.

Jinoyat sodir etilgan vaqtda qiz 13 yosh, erkak – 27 yoshda boʻlgan. Vahshiylik qurboniga aylangan qiz erkakning tahdidlaridan qoʻrqib, voqeani dugonasidan boshqa hech kimga aytib bermagan va AQSHga uchib ketgan.

Biroq, u boshdan kechirgan stressni yenga olmasdan, oʻz joniga qasd qilmoqchi ham boʻlgan. Ammo psixolog qabulida u hammasini aytib bergan.

Erkak esa hech narsa boʻlmagandek 2020 yil fevral oyida Milliy gvardiyaga ishga kirgan. “Qingʻir ishning qiyigʻi 40 yilda ham oshkor boʻladi deganlaridek qizning ota-onasi Sh.Sharipovni jinoiy javobgarlikka tortishga qaror qilib, 2022-yil fevral oyida qizi bilan Toshkentga kelishgan.

Jabrlanuvchining otasi qoʻshnisining uyiga borib, zoʻrlash haqida xabari borligini aytadi. Uning soʻzlariga koʻra, avvaliga erkak oʻz aybiga iqror boʻlib, otasiga hech narsa deyishmasliklarini yigʻlab soʻraydi, tiz choʻkib kechirim soʻraydi va hatto oʻzini osish bilan qoʻrqitadi.

Biroq, ertasi kuni ular hech narsani isbotlashmay olmasligini vaj qilib toʻpolon koʻtaradi. Uch yil oʻtgani va qizning oilasi mazkur voqeani moddiy manfaat uchun oʻylab topganini aytadi.

Keyinchalik Sharipov Sh., jabrlanuvchini umuman tanimasligini aytadi, vaholanki bir necha yil davomida qizning otasi bilan ishlagan va qizni koʻp marta koʻrgan.

Qolaversa, u koʻp yillardan beri qizning buvisining uyi roʻparasida istiqomat qiladi, mahallada hamma bir-birini taniydi, qiz har yozni buvisinikida oʻtkazardi.

Jabrlanuvchining aytishicha, “u meni yaxshi tanishi va men u bilan hech qanday munosabatda boʻlmaganimga guvohlar bor”.

2022-yilning 2 mart kuni qiz Qibray tumani prokurori nomiga ariza yozadi. Ariza tuman IIBga yuboriladi, biroq Sharipov Sh. Milliy gvardiya xodimi boʻlganligi sababli tergovchi Raimqulov B.N. uni prokuraturaga qaytarib yuboradi.

2022 yilning may oyida advokatning murojaatidan soʻng materiallar tergovosti tarkibiga koʻra Chirchiq harbiy prokuraturasiga yuborilgani aniqlangan.

2022 yilning iyul oyida qarindoshlari materiallar prokuraturaga qaytarilganini, prokuratura ularni ichki ishlar boʻlimiga yuborganini, oʻsha tergovchi Raimqulov esa jinoyat tarkibi yoʻqligi sababli ish qoʻzgʻatishdan bosh tortganini bilishadi.

Qizning ota-onasi yana prokurorga murojaat qilishadi, tergovchining qarori bekor qilinadi …

Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, voqea joyida oʻtkazilgan tergov eksperimenti davomida bino rahbariyati bu haqda ogohlantirilmagani maʼlum boʻldi.

Bino qorovuli, gumonlanuvchining onasi Sharipova Sh. barcha ishtirokchilarni chiqarib yuborishga uringan, tergovchiga bayonnomani toʻldirishga toʻsqinlik qilgan.

Tergovchi xolislarni olib keladi, lekin ularga gap nima haqida ketayotgani aytilmagan. Xolislardan biri boʻlgan erkak uni bu ishga aralashtirmaslikni va protokoldan chiqarib tashlashni talab qiladi”. 

Natijada tergovchi yana ish qoʻzgʻatishdan bosh tortdi va ota-onaga “prokuror oʻrinbosari Numonov A. jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida buyruq berdi” deb javob qaytaradi.

  • 2022-yilning 17 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar Obudsmani) nomiga arizalar yozildi.
  • 2023-yilning 9 yanvar kuni ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alxamjonova Mavlyuda Xamzayevna nomiga ariza yozishadi.
  • 2023-yilning 7-fevral kuni ariza Bosh prokurori hamda Bosh prokuraturaning voyaga yetmaganlar boʻyicha Boshqarmasiga yuborildi.

Milliy gvardiya matbuot xizmati jabrlanuvchining arizasi koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etilgani va 2023-yil 4-aprel kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi “Nomusga tegish” (aybdorga 14 yoshga toʻlmaganligi maʼlum boʻlgan shaxs 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar berdi.

Oddiy askar Sharipov Sh. 2020-yil fevral oyidan boshlab Toshkent viloyati IIB Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilmoqda (jabrlanuvchi 2022 yilda nomusga tegish haqida ariza bilan murojaat qilgan), uning keyinchalik Qoʻriqlash boshqarmasida xizmat qilishi toʻgʻrisidagi qaror tergov natijalariga koʻra hal qilinadi.

Huquqni muhofaza qilish organlariga bergan arizalaridan birida jabrlanuvchi shunday deb yozadi:

U shunday osonlikcha qutulib qolganini anglab, yana shunday jinoyat sodir etmasligiga kim kafolat beradi, ehtimol sodir qilgan ham, lekin qurbonlar sukut saqlamoqda? Demak, qonunlar ishlamaydi, u tinchgina yashashda davom etadi, Milliy gvardiyada ishlaydi, oila quradi, farzand koʻradi.

 Uning oilasi bizning qarindoshlarimizning ustidan ochiqchasiga kuladi, negaki qoʻlimizdan hech narsa kelmadi. Men oilaning yolgʻiz qiziman, u mening begʻubor bolaligimni oʻgʻirladi, ruhiyatimni buzdi, kelajagimni barbod qildi. Hammangizning farzandlaringiz, nevaralaringiz bor. Meni jazolanishdan qoʻrqmagan qoʻshni zoʻrlashi uchun katta qilishganmi?

Izohlar 1

Диляра Аланйали.
2023-Apr-14 00:09
Албатта тегишли жазо олиши шарт.Кутилиб колса,бу ишини кайтариши мумкин.Вояга етмаган кизга нисбатан килингин жиноят ,уни бир умрга бахтсиз,эркакларга нисбатан нафрат туйгусини уйготгани рост.Травма бутун умрга унга зиен келтиради.
Fikr bildirish