So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga yangi tayinlangan hokim Davlat soliq qoʻmitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiyada soʻzga chiqqan Botir Zaripov oxirgi yillarda Shofirkon tumanidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi darajaga koʻtarish borasida sezilarli oʻzgarishlar qilinganligini qayd etdi.
“Tan olish kerak, hududning avvalgi rahbari Jamshid Sharopov boshqaruvida hududda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, birgina 2022-yil davomida iqtisodiy sohada 36 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, jami sanoat korxonalari soni 317 taga yetkazildi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bunda asosan mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga eʼtibor qaratish orqali 2022-yil yakuni bilan tumanda 2022-yilda jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 951,1 mlrd. soʻmga yetib, oʻsish surʼati 104,2 foizni tashkil qildi. Aholi jon boshiga jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5,2 mln. soʻmdan 6,3 mln. soʻmga, shundan xududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5,9 mln. soʻmdan 5,5 mln. soʻmga yetkazildi.
Biroq tumanda mavjud imkoniyatlardan hali toʻliq foydalanilmayapti. Bugungi davr, shiddatkor zamon esa yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirish uchun oldimizga muhim va keng qamrovli vazifalarni qoʻymoqda”, - dedi Botir Zaripov.
Shundan soʻng, Botir Zaripov Jamshid Sharopovni salomatligi bilan bogʻliq muammolar tufayli oʻz arizasiga binoan Shofirkon tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qoʻyilib, deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Sessiyada ayni kunga qadar davlat soliq qoʻmitasi moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Fayzilloyev Alisher Abdilloyevich nomzodi Shofirkon tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisida viloyat hokimining qarori qabul qilinganligi deputatlarga maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun, Fayzilloyev Alisher Abdilloyevich 1979-yilda Buxoro tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent moliya instituti tamomlagan. Mutaxassisligi —moliya. U mehnat faoliyatini 1998-yilda “Soni-K” xususiy firmasi buxgalteri sifatida boshlab, Buxoro viloyati moliya boshqarmasi jamlanma byudjet boʻlimi 2-toifali iqtisodchisi, xalq taʼlimi, fan, madaniyat va kadrlarni tayyorlashni moliyalashtirish boʻlimi bosh iqtisodchisi(1999-2004), Moliya vazirligi Byudjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi yetakchi iqtisodchisi, Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish sektori mudiri(2004-2010), Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi(2010-2012), Moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi Xorijiy kreditlar va tashqi qarz boshqarmasi Tashqi qarzlarni boshqarish jamlama bosh iqtisodchisi(2012-2013) sifatida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2013-2017-yillarda Toshkent shahar Chilonzor va Sergeli tumanlari Moliya boʻlimi mudiri, Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi DUK direktori oʻrinbosari(2018-2019), Transport vazirligi Iqtisodiyot va tarif-narx siyosati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari(2019-2020), Transport vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi(2020-2022) lavozimlarida ishlagan.
U ayni vaqtga qadar Davlat soliq qoʻmitasi Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.