So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Madaniyat va maʼrifat” telekanali nomi oʻzgarmaydi" — Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “Madaniyat va maʼrifat” telekanali vazirlik tarkibiga qoʻshib berilishi yuzasidan bildirilayotgan fikr-mulohaza hamda takliflarni oʻrganib chiqdi.
“Assalomu alaykum, qadrli madaniyat va maʼrifat sohiblari, aziz doʻstlar! Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Karvon” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi (ID-78167 (V-1) tayyorlanib, bir necha kun avval normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi – project.gov.uzda eʼlon qilindi.
Quvonarlisi, mazkur qaror loyihasi jamoatchilik tomonidan qizgʻin kutib olindi hamda ijtimoy tarmoqda keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Hafta davomida trendga chiqqan “Madaniyat va maʼrifat” telekanali atrofidagi fikr-mulohazalar millatimiz ziyolilari, teleijodkorlar yuragida yigʻilib qolgan dardlarni ham oshkor qildi.
Bu joʻshqin chiqishlar toʻlqinida eʼtiborimni tortgan masalalar qatorida quyidagilarni alohida belgilab oldim:
1. Telekanal nomini oʻzgartirmaslik;
2. Ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy loyihalarni saqlab qolish va rivojlantirish;
3. Moddiy-texnik baza masalasiga yechim topish;
4. Mehnatga munosib haq toʻlash masalasini hal qilish;
5. Badiiy va hujjatli filmlar, umuman, barcha janrdagi mediamahsulotni efirga uzatishda litsenziya bilan bogʻliq masalalar.
Bu va boshqa yondosh masalalar bosqichma-bosqich hal etilishi lozim, bu jarayonlarda esa butun jamoa birlashishi, bahs-munozara maydonida koʻrsatgan qatʼiyatini ish maydonida ham namoyon etishi zarur deb bilaman. Zero shu yurt, shu xalq vakillari sifatida barchamiz umumiy maqsad yoʻlida – millatni yuksaltirish, yurt ravnaqiga hissa qoʻshish yoʻlida kamarbastamiz.
“Madaniyat va maʼrifat” telekanali atrofidagi joʻshqin bahslarda xolis ishtirok etgan barcha ziyolilarga yurakdan tashakkur aytaman.
Oydin kunlarga yetishmoq yoʻlidagi xayrli sayʼ-harakatlarimiz yaxshi samaralarga yetkazsin, barchalarimizni muborak kunlar fazilatidan nasibador qilsin” – deb yozdi vazir o’zining Telegram kanalida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir