So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda pedofil qidiruvga berildi. U bir nechta jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda
Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizni mashinasida o’g’irlab, nomusiga tekkan erkak qidiruvga berildi.
Ma’Namangan shahri Oʻzbekiston koʻchasidagi xonadonda yashovchi 1989-yilda tugʻilgan Sh.Umarov joriy yilning 1-aprel kuni soat 23:30larda Namangan shahrining Bobur bogʻidan voyaga yetmagan qizni uyiga olib borib qoʻyishini aytib, aldab, nomaʼlum manzildagi xonadonga olib borib, zoʻrlik ishlatib nomusiga tekkan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat sodir etishda gumonlangan Sh.Umarovning qoʻlga olish maxsus tadbiri jarayonida oila aʼzolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik koʻrsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq boʻlgan.
Shuningdek, Sh.Umarov joriy yilning 27-mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda xarakatlanib ketayotgan vaqtida, “VAZ-2106” rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan ikki nafar yosh yigitlarni, yoʻlini toʻsganliklarini bahona qilib, ularni urib, doʻpposlab, voqea joyidan yashiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra fuqarolarga “oʻrtacha ogʻir tan jarohati” va “yengil tan jarohati” yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchi Sh.Umarovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.