So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Izboskan tumani “zam” hokimi pora bilan qo’lga tushdi
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi oʻrinbosari A.K. pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov maʻlum qildi.
Maʻlum qilinishicha, tuman rahbarining investitsiya, sanoat va savdo yoʻnalishi boʻyicha oʻrinbosari Katta Fargʻona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini “E-auksion”dagi savdolarni yopiq shaklda oʻtkazgan holda sotib olib berish evaziga pul talab qilgan.
Talab qilingan puldan 500 AQSH dollarini xizmat xonasida olayotganda qoʻlga olinadi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.