So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“U narkologiyada roʻyhatda turgan”. Toshkentda bloger va uning 8 oylik bolasi vafot etdi
Marhuma qizlik uyining yerto'lasida yashab kelgan.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida on ava uning 8 oylik bolasi vafot etgani tog’risida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamon” dasturi tayorlagan videolavhada ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-aprel kuni soat 21:15 da Mirobod tumanida joylashgan uyning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etgani aniqlangan. Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ayol qizlik uyida ikki nafar farzandi bilan yashagan. Marhumaning yaqinlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni ayol dugonalari bilan uchrashib, soat 18:00 larda qaytgan.
“Dam olgani yotgan. Gaz mo‘ridan ko‘tarilib uyga urib yuborgan. Bular uxlab qolib bilmay qolgan. Singlisi to‘ng‘ich o‘g‘lini yoniga olib kirganida uyg‘onmagan.
Qarasa joni uzilgan ekan. Boshqa oila aʼzolariga zarar yetmagan, ular boshqa xonada bo‘lgan”, — deydi marhumaning qarindoshi.
Shuningdek, ushbu voqeadan so‘ng xonadon egalari tomonidan tuman tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat kelib tushgan. Tez yordam xodimining taʼkidlashicha, ular yetib borganda marhumaning joni uzilganiga taxminan uch soat bo‘lgan.
“Manzilga 21:30 da yetib keldik. Uyning podvaliga tushsak, ona-bola jonsiz yotgan holatiga duch keldik. Onada ham bolada ham tiriklik belgilari yo‘q edi. Ayolning yaqin kishisi ukasi ekan.
Undan surishtirganimizda opasi besh yildan buyon narkologiyada ro‘yxatda turar ekan. Biz kirganimizda eshiklar ochiq edi. Is gazini sezmadik. Bunaqa holatda og‘iz atrofidan ko‘piklar kelib turishi mumkin. Lekin biz unday holatlarni sezmadik”, — deydi tibbiyot xodimi.
Shahar FVB hozirda holat yuzasidan maʼlumot bera olmasligi, holatga ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgan bo‘lishi ham mumkinligini ma’lum qildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.