So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Barcha tuynuklar yopilmoqda” — Senat ayollar va bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qildi
Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur Qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zo‘ravonlik holatlariga nisbatan qat’iy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Qonun bilan “oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik” ya’ni xotiniga yoki eriga, sobiq xotiniga yoxud sobiq eriga, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan zo‘rovonlik uchun tegishincha ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Shuningdek, endilikda jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari tadbiq etilmasligi belgilanib, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari yanada og‘irlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlar sodir etganlik, ta’qib etganlik hamda ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Qonunchilikka kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlardan yana biri shundaki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining yoshi aybdorga ayon bo‘lishi asosiy mezonlardan biri bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu qoida bekor qilinmoqda, ya’ni aybdorning jabrlanuvchi yoshini bilmasligi uni Jinoyat kodeksi moddalarining tegishli qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, shuningdek bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishini taqiqlash hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini yuritish ko‘zda tutilmoqda.
“Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik”, “taʼqib etish”, “shahvoniy shilqimlik qilish” kabi qonunchilik nuqtayi nazaridan yangi, lekin real kundalik hayotda allaqachon pishib yetilib, muammoga aylangan tushunchalar kiritilayotgani va bunday xatti-harakatlarga nisbatan qatʼiy javobgarlik belgilanayotgani juda muhim.
Jinsiy zoʻravonlik, jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlarga qonunchilikda koʻzda tutilgan yengilliklar bermasligi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish kabi choralar qoʻllanmasligi qatʼiy belgilab qoʻyilmoqda. Bu borada amaldagi normalardagi turli «tuynuklar yopilmoqda.
Senat tomonidan Qonun maʼqullangan taqdirda Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, umuman olganda barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mutasaddi tashkilotlar oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim judayam muhim jihatlarga eʼtibor qaratishlari lozim boʻladi.
Jumladan, Oliy suddan oilaviy, shuningdek xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilishga oid huquqbuzarliklar boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib, mazkur Qonun normalarini amaliyotda toʻgʻri qoʻllashga va bu borada respublikada yagona sud amaliyotini yaratishga qaratilgan plenum qarori qabul qilishini soʻrab qolamiz.
Bosh prokuratura va IIV oila, ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka oid huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi faoliyatini jonlantirish, xodimlar tomonidan bu borada mutlaqo yangicha huquqiy yondashuv asosida surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib borishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrishi lozim.
Bosh prokuratura ushbu Qonun normalari mansabdor shaxslar tomonidan aniq va bir hilda qoʻllanilishi ustidan taʼsirchan prokuror nazoratini taʼminlashi, Adliya vazirligi esa, Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va ular oʻrtasida uzluksiz ravishda tushuntirish ishlarini olib borish choralarini koʻrishi zarur", - deydi Tanzila Narbayeva.