So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaganlik yoki unga qarshilik ko‘rsatganlik uchun alohida javobgarlik belgilanyapti
Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan mazkur Qonunda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaganligi va uning o‘z xizmat burchlarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatganligi uchun alohida javobgarlik belgilanyapti.
Kodeksning 225-moddasidagi tegishli qismlari, ya’ni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari yoki muddatlarini buzishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish, shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish hamda transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ham berilmoqda.
Senatorlar ushbu Qonunning ma’qullanishi chegara qo‘shinlari faoliyati samaradorligini oshirishga, fuqarolar ovoragarchiligining oldini olishga, ularning vaqti hamda mablag‘larining ortiqcha sarflanishiga chek qo‘yishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir