So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Ayollarni hushyor torttiradigan kasallik. U jinsiy yoʻl bilan ham yuqishi mumkin...
Sistit − bu qovuq shilliq pardasining yalligʻlanishi boʻlib, ayollar koʻproq chalinadigan darddir. Yer yuzidagi nozik xilqat vakilalarining, deyarli yarmi hayotida bir marta sistitni boshidan oʻtkazgan.
Koʻpincha bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi. Sistit — sovuq mavsum kasalligi degan afsona mavjud. Bu haqiqatga yaqin emas. Masalan, nafas yoʻllari infeksiyasi, jinsiy aloqadan keyin siydik yoʻllarining yalligʻlanishi, atirli sovun va hattoki rangli hojatxona qogʻoziga nisbatan allergiya tufayli kasallik yoz faslida ham yuzaga kelishi mumkin. Sistitning ikki: oʻtkir va surunkali turi mavjud.
Sistitga yetaklovchi omillar
Kasallikning rivojlanishiga zamin yaratadigan xavf omillari ham mavjud. Jumladan, sintetik tolalardan tayyorlangan tor ichki kiyimlar kiyish. Bu genital hududda bakteriyalar rivojlanishiga yordam beradi va sistit rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Jinsiy hamrohlarning tez-tez oʻzgarishi va himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Buning fonida siydik yoʻllari va siydik pufagi yalligʻlanishi ham mumkin. Ichak kasalliklari va ich qotishi fonida shartli-patogen mikroorganizmlar faollashadi, ular esa siydik yoʻllariga kirib borishi mumkin. Bu ham sistit xavfini oshiradi...
Davo choralari qanday olib boriladi?
Keng tarqalgan fikrlarga qaramay, sovqotish qovuq yalligʻlanishining asosiy sababi emas. Bu omil faqatgina organizm qarshiligining pasayishiga olib keladi, buning natijasida organizmda allaqachon mavjud boʻlgan infeksiyalar faollashadi, masalan piyelonefrit (buyraklarning yalligʻlanishi), kandidoz (zamburugʻli kasallik) va hokazo.
Sistitni davolash paytida bemor zirovorlarga boy, achchiq, shoʻr, tuzlangan ovqatlardan, spirtli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi kerak. Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar, yalligʻlanishga qarshi, ogʻriq qoldiruvchi dorilar qoʻllaniladi. Oʻtkir sistit davri 7-14 kun. Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo boʻlishi mumkin.
Ammo siydik tahlillari toʻliq meʼyorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qoʻllash chastotasini toʻxtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Agar davolanish muddatdan oldin toʻxtatilsa, sistit belgilari yana paydo boʻladi. Faqat keyingi safar uni davolash qiyinroq boʻladi, surunkali sistit holatiga oʻtadi.
Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar, fitopreparatlarning oʻzi kamlik qiladi. Qoʻshimcha qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi. Sistitning oldini olish yoki davolashda dori-darmonlar va antibiotiklar bilan bir qatorda tabiat neʼmatlari ham yaxshi samara berishi aniqlangan. Bular, moychechak, behi, qizilpoycha qayin, archagul, makkajoʻxori popugi hamda qora sedana.
Masalan, 1 osh qoshiqdan qayin, archagul, makkajoʻxori popugini aralashtiring. Bu aralashmadan 1 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynoq suv quying va qopqogʻini yopib, 2 soat dam bering. Soʻng suzgichdan oʻtkazib, kuniga 4-marta ovqatlanishdan oldin ¼ stakandan ichish ham foydali.
Bundan tashqari qora sedana shamolashga va turli infeksiyalarga qarshi ajoyib malham boʻla oladi. Buyraklar faoliyatini yaxshilashda koʻmaklashib, ayollar salomatligiga ijobiy koʻrsatadi. Bugungi kunda oliy navli qora sedanadann tayyorlangan ALHADAYA kapsulalari oʻz sogʻligiga befarq boʻlmagan ming-minglab insonlar ishonchini qozonib ulgurgan. Ona tabiatning oʻzi ming-minglab dardlarga shifo boʻladigan moʻjizaga ega ekanligini yoddan chiqarmaylik!
Reklama huquqi asosida